1Kim javobgar
Shaxsiy ma'lumotlar operatori: Worldly Knowledge MCHJ («Devon Nashr» nashriyot brendi), O'zbekiston. Aloqa: devonnashr@gmail.com, telefon +998 97 837 41 47.
Ushbu siyosat devonnashr.uz sayti va «Devon Nashr» mobil ilovasi (iOS, Android) uchun bitta hujjat. Ma'lumotlarga ishlov berish O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
2Qanday ma'lumot yig'iladi
Faqat xizmat uchun zarur ma'lumot. Biometrik ma'lumot (yuz, barmoq izi, pasport skaneri) yig'ilmaydi va saqlanmaydi.
- Akkaunt (sayt va ilova, ixtiyoriy). Google, Apple yoki Telegram orqali kirganingizda provayderdan olinadi: ism, elektron pochta (Google, Apple) yoki Telegram ID va foydalanuvchi nomi (Telegram), profil rasmi. Parol so'ralmaydi va saqlanmaydi.
- Kitobxonlik tanlovi anketasi (ixtiyoriy, akkaunt bilan). F.I.Sh., tug'ilgan sana, hudud, telefon, elektron pochta (bo'lsa); 18 yoshga to'lmaganlar uchun ota-ona yoki qonuniy vakilning ismi va telefoni; rozilik belgilari.
- Ariza va savol formalari (kitob chiqarish, maqola joylash, aloqa). Bu formalar bazaga saqlanmaydi: «Yuborish» bosilganda matn sizning Telegram ilovangizda menejer chati sifatida ochiladi va xabarni siz o'zingiz yuborasiz. Keyingi yozishmalar Telegram ichida qoladi.
- Texnik ma'lumot. Kirish sessiyasi uchun cookie (faqat akkauntga kirganingizda) va ushbu tashrifdagi tun/kun rejimi tanlovi (brauzer xotirasi, serverga yuborilmaydi). Reklama va kuzatuv (analitika) vositalari ishlatilmaydi.
3Nima uchun
- Akkaunt: sizni tanib olish, tanlovda ishtirokingizni akkauntga bog'lash, ilovada bir xil profil.
- Tanlov anketasi: ro'yxatga olish, yoshni tekshirish, siz bilan bog'lanish, natijalarni e'lon qilish, apellyatsiya va mukofotlash (Tanlov Nizomi 11-bo'lim).
- Marketing xabarlari: faqat anketadagi alohida va ixtiyoriy rozilik bilan; istalgan vaqtda bekor qilinadi.
- Ma'lumot boshqa maqsadda ishlatilmaydi va sotilmaydi.
4Qayerda saqlanadi va kim ko'radi
Ma'lumot Supabase (baza va kirish tizimi) serverlarida, Frankfurt, Germaniya (eu-central-1) da saqlanadi; sayt Vercel (Frankfurt) da ishlaydi. Ikkala xizmat ham ma'lumotni shifrlangan holda uzatadi va saqlaydi. 2026-yil mart oyidagi qonun o'zgarishlari va 2026-yil avgustda tasdiqlangan «himoya darajasi yetarli davlatlar» ro'yxatiga ko'ra Germaniyada saqlashga ruxsat bor.
Kirish provayderlari (Google LLC, Apple Inc., Telegram) o'z xizmatlari bo'yicha o'z siyosatlariga amal qiladi; biz ulardan faqat yuqorida sanalgan maydonlarni olamiz.
Bazada har jadval uchun kirish siyosati (RLS) yoqilgan: anketangizni faqat siz va nashriyotning vakolatli xodimi (admin, ikki bosqichli tasdiq bilan) ko'radi. Ommaviy natijalar ro'yxatida telefon, pochta va pasport ma'lumoti chiqarilmaydi.
5Qancha muddat
- Tanlov anketasi: 2027-yil 20-fevral gacha (final va apellyatsiyalardan keyin), so'ng avtomatik o'chiriladi. Akkaunt qoladi.
- Akkaunt: siz o'chirmaguningizcha. O'chirish so'rovi darhol bajariladi.
- Ariza formalari: bazada saqlanmaydi (Telegram orqali yuboriladi).
- Kirish cookie'lari: chiqqaningizda yoki sessiya tugaganda o'chadi.
618 yoshga to'lmaganlar
Kitobxonlik tanlovi 15–25 yoshdagilar uchun. 18 yoshga to'lmagan qatnashchi uchun anketada ota-ona yoki qonuniy vakil roziligi va aloqa ma'lumoti talab qilinadi. Rozilik bo'lmasa ishtirok bekor qilinadi.
7Sizning huquqlaringiz
- Ko'rish: akkaunt va anketa ma'lumotlari saytdagi Profil va ilovadagi «Profil» bo'limida.
- O'chirish: Akkauntni o'chirish sahifasi (sayt) yoki ilovada Profil → «Akkauntni o'chirish». Akkaunt, profil va tanlov anketasi butunlay o'chiriladi; e'lon qilingan tanlov natijalari anonim holda (ismsiz) qoladi.
- Rozilikni qaytarib olish, tuzatish, savol: devonnashr@gmail.com ga yozing.
8O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada, tepadagi amal qilish sanasi bilan e'lon qilinadi. Yig'iladigan ma'lumot turi kengaysa, alohida rozilik so'raladi.
