Asosiy qismga o'tish
Devon Nashr
TanlovRo'yxat ochiq

Devon Nashr kitobxonlari

kun qoldi

15-oktabr gacha

Ro'yxatdan o'tish

Foydalanish shartlari

Sayt va ilovadan foydalanish, akkaunt, xizmatlar bo'yicha ariza, kontent va javobgarlik qoidalari.

1Umumiy qoidalar

devonnashr.uz sayti va «Devon Nashr» mobil ilovasi (birgalikda «Xizmat») Worldly Knowledge MCHJ (O'zbekiston) ga tegishli. Xizmatdan foydalanish shu shartlarga rozilik hisoblanadi.

Sayt ochiq: kitoblar, jurnallar, to'plamlar va xizmatlar haqidagi ma'lumotni ko'rish uchun akkaunt kerak emas. Akkaunt faqat kitobxonlik tanlovida qatnashish va ilovadagi shaxsiy bo'limlar uchun.

2Akkaunt

  • Akkaunt Google, Apple yoki Telegram orqali yaratiladi. Bir shaxs bitta akkauntdan foydalanadi.
  • Provayderdagi ma'lumotlaringiz (ism, pochta, Telegram ID) haqiqiy bo'lishi kerak. Boshqa shaxs nomidan kirish taqiqlanadi.
  • Akkauntni istalgan vaqtda o'chirish mumkin. Shartlar buzilsa nashriyot akkauntni bloklash yoki o'chirish huquqini saqlaydi.

3Xizmatlar va arizalar

  • Kitob chiqarish, maqola joylash va konferensiya bo'yicha saytdagi forma menejer bilan Telegram orqali bog'lanish vositasi. Ariza yuborilishi shartnoma emas.
  • Narx, muddat va ish hajmi har buyurtma uchun alohida kelishiladi va yozma shartnomada belgilanadi. Saytdagi ma'lumot ommaviy oferta hisoblanmaydi.
  • Jurnallar haqida saytda faqat tekshirsa bo'ladigan ma'lumot beriladi: ISSN, OAK qarori, indekslash bazalari. Maqolaning qabul qilinishi jurnal tahririyati qaroriga bog'liq.
  • Kitob sotib olish Uzum Market orqali; buyurtma, to'lov va yetkazish Uzum Market shartlari bo'yicha.

4Kitobxonlik tanlovi

Tanlovda qatnashish tartibi, saralash, apellyatsiya va sovrinlar Tanlov Nizomida belgilangan. Nizom bilan shu shartlar o'rtasida tafovut bo'lsa, tanlov masalalarida Nizom ustun.

5Kontent va mualliflik huquqi

  • Saytdagi matn, dizayn, kitob muqovalari va logotip nashriyot yoki tegishli mualliflarga tegishli. Ularni nashriyot roziligisiz tijorat maqsadida ko'chirish taqiqlanadi.
  • To'plamlar bo'limidagi PDF fayllar (konferensiya materiallari, jurnal sonlari) shaxsiy va ilmiy foydalanish uchun ochiq; manba ko'rsatilishi shart.
  • Kitob matnlaridan parcha keltirish qonunda belgilangan iqtibos doirasida mumkin.

6Taqiqlar

  • Xizmatni buzishga urinish, avtomatlashtirilgan so'rovlar bilan yuklash, boshqa foydalanuvchi ma'lumotiga kirishga urinish.
  • Tanlovda boshqa shaxs o'rniga topshirish, bir necha akkaunt, savollarni tarqatish (Nizom 6-bo'lim).
  • Formalar orqali spam, haqorat yoki qonunga zid matn yuborish.

7Javobgarlik

Xizmat «boricha» taqdim etiladi. Nashriyot texnik uzilish, uchinchi tomon xizmatlari (Google, Apple, Telegram, Uzum Market) ishlamay qolishi yoki foydalanuvchining o'z qurilmasi bilan bog'liq zarar uchun javobgar emas. Tanlovdagi texnik uzilishlar Nizomning 7-bo'limi bo'yicha hal qilinadi.

8Shaxsiy ma'lumotlar

Ma'lumotlaringiz Maxfiylik siyosatiga muvofiq ishlanadi. U shu shartlarning ajralmas qismi.

9O'zgarishlar va aloqa

Shartlar o'zgarsa, yangi matn shu sahifada amal qilish sanasi bilan e'lon qilinadi. Savollar: devonnashr@gmail.com. Nizolar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo'yicha hal qilinadi.