Asosiy qismga o'tish
Devon Nashr
Tanlov3-bosqich

Devon Nashr kitobxonlari

kun qoldi

Test 1-dekabr

Tanlov bo'limi

Biz haqimizda

Devon Nashr: Worldly Knowledge MCHJ nashriyot brendi. Kitob chop etamiz, olimlarga ilmiy jurnallarda maqola joylashda yordam beramiz, konferensiyalar o'tkazamiz.

Kim biz

Devon Nashr Worldly Knowledge MCHJ nashriyot brendi. Nashriyot avval «Idrok Nashr» nomi bilan ishlagan; shuning uchun ba'zi kitoblarimiz muqovasida shu belgi bor.

Ikki yo'nalishda ishlaymiz. Birinchisi kitob: mualliflarning qo'lyozmasini tayyor kitobga aylantiramiz va o'z kitoblarimizni chop etamiz. Ikkinchisi ilm: tadqiqotchilarga OAK ro'yxatidagi va xalqaro jurnallarda maqola chiqarishda, konferensiya materiallarini nashr qilishda yordam beramiz.

2026-yildan «Devon Nashr kitobxonlari» respublika tanlovini o'tkazamiz: yoshlarni badiiy adabiyot o'qishga chorlash uchun.

Raqamlarda

20
kitob chop etilgan
55
jurnal bilan ishlaymiz
44
OAK ro'yxatidagi jurnal

Raqamlar saytdagi joriy katalogdan hisoblanadi.

Nima qilamiz

Ish tamoyillari

Rostgo'y ma'lumot

Jurnal haqida faqat tekshirsa bo'ladigan narsa yozamiz: ISSN, OAK qarori, indekslash bazalari. O'ylab topilgan «impakt-faktor» yo'q.

Narx menejerdan

Har buyurtma alohida: menejer hajm va muddatga qarab narx aytadi, shartnoma tuziladi. Saytda yashirin to'lov yo'q.

Muallif bilan birga

Qo'lyozmadan tayyor kitobgacha bir jamoa: tahrir, korrektura, sahifalash, muqova, ISBN, bosma.

Rekvizitlar

Yuridik shaxs
Worldly Knowledge MCHJ
Brend
Devon Nashr (avvalgi nomi: Idrok Nashr)
Shahar
O'zbekiston